«Xulosa» (Turan Now) - 15-aprel kuni Birinchi May tuman sudi tergov guruhi rahbari — IIV Tergov xizmati tergovchisining iltimosnomasini qanoatlantirib, Prezidentning O'sh viloyatidagi sobiq muxtor vakili Ziyodin Jamaldinovni hibsga olish haqida ajrim chiqardi.
20-aprel kuni tuman sudi matbuot xizmati «Xulosa Turan Now» nashriga ma'lum qilishicha, Jamaldinov Qirg'iziston Respublikasi Jinoyat kodeksining 41-moddasi 2-qismi va 263-moddasi 1-qismi («Uyushgan guruhlar va jinoiy uyushmalarni moliyalashtirishni tashkil etish») bo'yicha ayblanmoqda.
U 10-iyunga qadar SIZO-1 ga joylashtirildi.
Eslatib o'tamiz, Jamaldinov 2021-yil 22-iyulda Prezident Sadir Japarov tomonidan tayinlangan va 2023-yil 14-aprelda o'z vazifasini lozim darajada bajarmagani uchun ishdan bo'shatilgan edi. Shuningdek, u Jo'qorg'u Kengashning 6-chaqiriq deputati ham bo'lgan.